Xalqaro
Koreya davlati bilan hamkorlik
Koreya universitetlari bilan ikki tomonlama memorandum va talabalar almashinuvi.
Koreya davlati bilan hamkorlik
Texnikum xalqaro hamkorlik va aloqalar bo'yicha faoliyat olib boradi.
2025–2026 o'quv yilidan boshlab texnikum SAIBO universiteti, KYONG BOK universiteti, CHONG UN universiteti hamda CHONG JU universitetlari bilan ikki tomonlama memorandum imzoladi.
Ushbu memorandumdan maqsad — texnikumda tahsil olayotgan talabalarni Koreya madaniyati va ularning tibbiyot sohasidagi ta'lim tizimi bilan tanishtirish hamda Koreyada o'qishni davom ettirib, keyinchalik tibbiyot sohasida faoliyat olib borishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Professor KIM DE KYO janoblari tomonidan ikki nafar talabaga Koreya davlatiga bepul sayohat hamda Koreya universitetlaridagi tibbiyot ta'limi va milliy madaniyati bilan tanishtiruv tashkil etildi. 6 nafar talabaga esa Koreya universiteti tomonidan sertifikat va pul mukofotlari berildi.